TAKT

TAKT (lot. tactus — tegish soʻzidan) — metr birligi; kuchli va kuchsiz hissalarning almashinuviga asoslanib, eng kuchli hissadan boshlanadi. Oddiy (2,3 hissali) va murakkab (bir necha oddiy metrik) guruhchalardan tashkil topgan Taktlar boʻladi. Nota yozuviaya vertikal chiziq (takt ch izigʻi) bilan ajratiladi. Takt tarkibi oʻlchov bilan belgilanadi. Teng Takt larga ajratib boʻlmaydigan musiqa namunalari (yigʻi, katta ashula kabi) yozuvida Takt chizikdari vositasida musiqa jumlalarining chegarasigina koʻrsatiladi.