TAKSON

TAKSON — oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan va b. guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, oila va b. ga mansub boʻlgan organizmlar guruhi. Takson muayyan biologik obyektlarga tegishli boʻlishi bilan taksonomik kategoriyalardan farqqiladi. Mas., «kitsimonlar» yoki «umurtqalilar» tushunchalari tasnif qilinishi lozim boʻlgan organizmlar guruhini bildi . radi. Shunday qilib, «tur», «oila» va boshqalar Takson boʻlolmaydi, lekin muayyan tur, mas., oddiy qaragʻay, uy pashshasi Takson hisoblanadi (yana q. Taksonomik kategoriyalar).