TAKSILA

TAKSILA (yun. Taxila, qad. hindcha Takxasila yoxud Takshashila) — qadimda Hindiston ya. o. ning shim,gʻarbidagi shahar (hoz. Pokistonning Ravalpindi sh. dan 35 km narida), Gandxara davlati poytaxti. Mil. av. 3—2-a. larda Taksila Mauriyalar imperiyasi shim,gʻarbiy qismining maʼmuriy markazi boʻlgan. Taksilaning eng qad. arxeologik qatlami mil. av. 6-a. ga oid. Taksila savdo va hunarmandchilikning yirik markazi, xind, ellin, Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatlari mujassam boʻlgan shahar edi. U shuningdek, qad. hind fani va maorifi markazi sifatida ham mashhur. Taksila 5-a. ning 2yarmida eftaliylar bosqinida qattiq shikastlangan, Aholi shaharni tashlab keta boshlagan va 7-a. ga kelib tashlandiq gʻolga kelgan. 1913-y. dan boshlab olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari qad. hind jamiyatining turli jabhalarini oʻrganishga doyr qimmatli materiallar berdi.