TAKALISOY GʻORI

TAKALISOY GʻORI — mustye davriga oid gʻor (mil. av. 40—30ming yillik). Samarqanddan 50 km jan. sharqda, Taxtaqoracha dovonida joylashgan. Arxeolog D. N. Lev tekshirgan (1951). Takalisoy gʻorining uz. 25 m, kirish qismining bal. 2 m. Kiraverishda 9 m2-maydonchaning qora tuproqli loy qatlami orasidan (25—40 sm chuqurlikda) suyak parchalari, koʻmir qoldigʻi, 3 dona uzunchoq oq tosh parrakchasi va bir qancha tosh siniklari topilgan.