TAKA

TAKA — echkining erkagi, urgochi echkilarni qochirish uchun tanlab olinadigan zotli erkak echki. Echki va koʻy poda (suruv)larini yetaklab yurib, choʻponlar mehnatini yengillashtiruvchi jonivor. Uloklik paytida bichib qoʻyilgan (erkaklik jinsi tomiri uzib qoʻyilgan yoki olib tashlangan) boʻlsa koʻpincha «serka» deyiladi. Echkilar suruvi sifatini yaxshilashda va echkilar mahsuldorligini oshirishda (ayniqsa, naslchilik xoʻjaliklarida) Takalar zotiga alohida eʼtibor beriladi; T. larda jinsiy uygʻonish erta (6 oyda) boshlanadi. Lekin nayel olishga 1,5—2 yoshida jalb etiladi. Erkin krchirishda bir Takadan mavsumda oʻrtacha 25—35, sunʼiy qochirishda 250—300 urgochi echkini urugʻlantirish uchun 5—6 y. davomida foydalaniladi. Takalarni boqish, asrash, parvarish qilish zooveterinariya tartibqoidalari asosida tashkil etiladi.