TAYFUN

TAYFUN (xitoycha tay fin — katta shamol) , tropik quyun — Tinch okeanning Jan. Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq (shuningdek, Filippin o. lari va ulardan sharq tomonda joylashgan Guam o. lari)da nihoyatda kuchli shamolli tropik siklonlarning mahalliy nomi. Tayfun koʻproq Yaponiya o. lari, Xitoy qirgʻoqlari, Koreya ya. o. qirgʻoklarida yuz beradi; baʼzan Uzok. Sharkda Kamchatkagacha yetib keladi. Tezligi 30—50 km/soat (baʼzan 100 km/soat) gacha yetadi. Tayfun, koʻpincha, iyuldan okt. gacha boʻladi. Udengizda katta toʻlqinlarni yuzaga keltiradi va 1000 mm ga yetadigan yogʻingarchilik olib keladi. Sharqiy Osiyoning qirgʻoq oʻlkalarida Tayfun katta xarobaliklar, suv bosishi va b. falokatlarga sabab boʻladi.