TAYSON Mayk Jerald

TAYSON Mayk Jerald (1966.30.6, NyuYork) — professional bokschi, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni (1987— 1992). 1985-y. dan professional boksga oʻtdi, WBC (Xalqaro boks komiteti) tasnifi boʻyicha ogʻir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni boʻldi (1986). Tayson har bir uchrashuvni muddatidan oddin — nokaut bilan yakunlagani tufayli «Temir Mayk» nomini oldi. Qonunni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilganligi (1992, 1999), uning boks faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Tayson 2002-y. da jahon chempionligi uchun boʻlgan uchrashuvda Lennoks Lyuis (Buyuk Britaniya) ga yutqazdi.