TAYMIR KOʻLI

TAYMIR KOʻLI — Taymir ya. o. dagi koʻl (RF Krasnoyarsk oʻlkasi). Mayd. 4560 km2. Eng chuqur joyi 26 m. Uz. 250 km. Eni bir necha km dan 80 km gacha. Qirgʻoklari qoʻltiq va qoʻltiqchalar bilan oʻyilgan. Taymir koʻliga Yuqori Taymira daryosi quyilib, Quyi Taymira daryosi oqib chiqadi. Bir yilda 3 oy muzlamaydi. Koʻlda baliq turi koʻp.