TAYMIR

TAYMIR — Kara dengizidagi orol, Taymir ya. o. ning qirgʻogʻi yonida (RF Krasnoyarsk oʻlkasi). Uz. 37 km, oʻrtacha eni 18,5 km. Mayd. 350 km2. Eng baland joyi 235 m (Negri togʻi). Asosan, usti toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan krplangan qumtosh va slaneslardan tuzilgan. Tundra oʻsimliklari oʻsadi.