TAYM

TAYM (ing. time — vaqt) — toʻp bilan oʻynaladigan sport oʻyinlari (futbol, koptokli xokkey va b.)da oʻyin vaqtining bosqichi, bir qismi. Mac, basketbol oʻyini har biri 20 min. lik, futbol oʻyini har biri 45 min. lik 2 T. dan iborat.