TAYLOR

TAYLOR (Teylor) (Tylor) Eduard Bernett (1832.2.10, London — 1917.2.1, Uellington, Somersetshir) — ingliz etnografi, ibtidoiy madaniyat tadqiqotchisi. G. Spenser bilan birgalikda etn. va madaniyat tarixidagi evolyutsion maktab asoschisi. Dinlarning kelib chiqishidagi animistik nazariyani ishlab chmqqan (q. Animizm). «Ibtidoiy madaniyat» (1—2jidd, 1871) va «Antropologiya» (1881) kabi asarlar muallifi.