TAYKONAVT

TAYKONAVT (xitoycha taykup kosmos) — Xitoyda kosmik parvozni amalga oshiradigan yoki kosmik kema ekipaji aʼzosi sifatida qatnashadigan shaxe. Rossiya va b. mamlakatlarda kosmonavt, amerikada astronavt deb ataladi. Xitoyda birinchi Taykonavt 38 yoshli podpolkovnik Yan Livey boʻldi. U 2003-y. 15 oktyabr kuni «Shenchjou5» («Muqaddas kema») kosmik kemasi (KK) da kosmosga parvoz qildi. U kosmosda 21 soatdan koʻp vaqt boʻlib, Yer atrofini 14-marta aylanib chiqdi (600 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi). Yan Livey 17 okt. kuni ertalab parashyut yordamida KKning tushirish apparatida sogʻsalomat Ichki Mongoliya choʻllariga tushdi. U kosmosga parvoz qilgan 241shaxs boʻldi. Bu parvoz Xitoyning Boshqariladigan kosmik parvozlar muhandislik dasturi (Se Minbo) ga asosan amalga oshirildi. Xitoylik Taykonavtning kosmosga muvaffaqiyatli parvozidan soʻng Xitoy ham Rossiya va AQSH dan keyin kosmik mamlakatlar safiga qoʻshildi.