TAITILIKLAR

TAITILIKLAR — xalq, Taiti va Jamiyat o. lariga mansub boshqa orollarning asosiy aholisi. 130 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Polinez guruhiga kiruvchi taiti tilida soʻzlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir kismi — katoliklar. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik (kokos palmasi, shakarkamish va b.), qisman baliq ovlash. T. oʻziga xos madaniyatini saqlab qolgan.