TAITI

TAITI — Tinch okeandagi vulkan oroli. Jamiyat orollari guruhidagi eng katta orol. Mayd. 1042 km2. Tor boʻyin (2 km) orqali tutashgan ikkita togʻ massividan iborat. Asosan, bazalt jinslardan tuzilgan. Eng baland joyi 2241 m (Oroxena togʻi). Marjon riflari bilan oʻralgan. Sernam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Aholi tropik dehqonchilik, baliq ovlash, marvarid yigʻish bilan shugʻullanadi. Turizm rivojlangan. Yirik shaxri va porti — Papaete.