TAIZ

TAIZ, Taizz — Yaman Respublikasining jan. qismidagi shahar. Taiz viloyatining maʼmuriy markazi. Sabr togʻlari etagida, 1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi 318 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mamlakatning jan. qismidagi savdotransport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Plastmassa va alyuminiydan turli buyumlar, metall idishlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.

Taiz oʻrta asrlarda Yamanning yirik savdo shaharlaridan biri edi. 18-a. ga kelib oʻz mavqeini yoʻqotdi. 1962-y. gacha Yaman imomining qarorgohi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan alMuzaffar mayejidi (13—14-a. lar), alAshrafiya mayejidi (13a.) hamda shahar devori va b. saklangan.