TAZMIN (arab. — sheʼrdan bir parcha olish, koʻchirish) — poetik sanʼat turi. Shoir fikr va histuygʻusini tasdiqlash, isbotlash yoki davom ettirish uchun biror kimsa ijodidan shohbayt — aforizm darajasiga koʻtarilgan mashhur misrani oʻz sheʼrida keltirishi. Tazmin misra gazalning 1misrasi yoki matlai sifatida keladi. Epigraf — tezis sifatida keltirilgan shu misra yoki bayt T. chi shoir yaratayotgan misra va baytlar uchun qolip, moya rolini oʻtaydi. Tazmin misra fikrni tasdikdash bilan birga uni mantikiy davom ettirish imkonini yaratadi, koʻpchilikka maʼlum va mashhur Tazminning muallifi ataylab eslatilmaydi, aks holda muallifga ishora qilinadi. Tazmin bir necha xil: miyeraning yarmi, toʻliq satr, ikki, uch, olti bayti Tazmin qilinishi mumkin. Baʼzan shoir Tazminni oʻz ijodidan olish hollari ham uchraydi. Mac, Bobur oʻzining: Gar vasl muyassar oʻlmasa netgaymen, Boshimni olib qay sorigʻa ketgaymen? baytini «Jamoling vasfini», «Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen», «Ishqing yoʻlida…» sheʼrlarida Tazmin qilgan.
Ad.: Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, Tazmin, 1977.