TAZKIRA

TAZKIRA (arab. — eslatmoq, zikr etmoq) — oʻrta asr forsiy va turki y tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri. Keng maʼnoda — tarix, tasavvuf, sanʼat sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar, mas., «Tazkirat ulavliyo» (Farididdin Attor), «Tazkirai Muqimxoniy» (Muhammad Yusuf), «Tazkirai xattoton» (Rudakiy), «Tazkirai avliyoi turkiy» (Rushdiy) va b. Tor maʼnoda — shoirlar hayoti va ijodi haqida maʼlumot, asarlaridan namunalar keltirib tuzilgan toʻplam. Tazkirada bir necha asrda yashagan yoki muayyan davr shoirlarining hayoti va ijodi haqida turli tarzda maʼlumot beriladi. Shoirlarni qamrab olish jihatidan tarixiyzamonaviy va zamonaviy Tazkiraga boʻlinadi. Tarixiyzamonaviy Tazkirada bir necha asr davomida yashab ijod etgan shoirlar haqida («Lubob ulalbob» — Avfiy, «Tazkirat ushshuaro» — Davlatshoh Samarqandiy va b.), zamonaviy Tazkirada esa tuzuvchining zamondoshlari haqida («Majolis unnafois», «Tazkirat ushshuaro» — Mutribiy va b.) bahs yuritiladi. Asarda shoirlar har xil uslubda — «abjad» tizimida, sulola va arab alifbosi asosida, geografik uslubda, Tazkira tuzuvchi tomonidan shaxsan koʻrganlik, ijodiy mulokrtda boʻlganboʻlmaganlik asosida joylashtiriladi. Shoirlar haqidagi maʼlumotlar alohida kichik maqola — fiqradan iborat boʻladi. Unda shoirning ismi, taxallusi, qayerdanligi, ijodi, sheʼrlaridan namunalar, tabiatidagi oʻziga xos xususiyati, qay darajada shuhrat topganligi va b. sheʼriy yoki nasriy tarzda bayon etiladi. Baʼzan 2 tilda maʼlumot berish hollari ham uchraydi («Majmuai shoiron»). Tlartuzuvchisining adabiyestetik uslublari qaysi adabiy yoʻnalishiga mansubligi jihatidan farklanadi. Sharq adabiyotshunosligida bizgacha yetib kelgan dastlabki Tazkirani Abu Mansur asSaoyaibiy, oʻzbek adabiyotida Alisher Navoiy yaratganlar. Adabiyot tarixini oʻrganishda Tazkira larning ahamiyati katta.

Habib Abdunazar.