TAJAN

TAJAN (Turkmaniston chegarasidan tashqaridagi qismi Herirud) — Afgʻoniston, Eron va Turkmanistondagi dare. Uz. 1150 km. Havzasining mayd. 70600 km2. Afgʻoniston hududida taxm. 3000 m balandlikdan boshlanadi. Hirot vohasigacha togʻlar orasidan tor vodiyda, ostonalar orqali oqadi. Hirot va Tajan vohasida vodiysi keng. Eng yirik irmoklari: Ishlan va Kashafrud. Tajan suvidan sugorishda keng foydalaniladi. Dare Hirot vohasidan chiqqach, Eron bilan Afgʻoniston chegarasidan, soʻngra Turkmaniston bilan Eron chegarasidan oqadi. T. Tajan vohasida irrigatsiya kanallariga taralib, soʻng tugaydi. Suvi juda loyka. Dare, asosan, krrdan, kisman, yomgʻirdan suv oladi. Mart — may oylarida toʻlib oqadi. Qishda muzlamaydi. Oʻrtacha suv sarfi Puli Xotun yakinida (dare tugagan joydan 325 km yukrrida) 30 moʻsek., eng kup suv sarfi 990 m3/sek. Daryoning Turkmaniston bilan Eron chegarasidan utgan kismi yoz oxirida kupincha qurib qoladi. Tajanga Turkmaniston hududida ikkita suv ombori — Tajan (hajmi 142 mln. m3) va Tajan2 (hajmi 180 mln. m3) qurilgan. 1960-y. dan Amudaryo suvining bir qismi Qoraqum kanali orqali Tajanga quyilmoqda. Tajan boʻyida Tajan sh. bor.