TAJAN

TAJAN — Turkmanistondagi shahar (1925-y. dan). Tajan vohasida, Tajan daryosi boʻyida. Tajan stansiyasi. Aholisi 42,2 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Paxta tozalash zdi, gilam sexi, kurilish materiallari va konstruksiyalari kti, sut zdi bor. T. yaqinida (jan. da) Tajan suv ombori joylashgan. Tajan va Murgʻob daryolari oraligʻida yirik tabiiy gaz zaxiralari topilishi bilan Tajan gaz sanoatining muhim markazlaridan biriga aylandi.