TAVRLAR

TAVRLAR — Qrimning jan. qismi (Tavrika)ning eng qad. aholisi (mil. av. 9-a. — mil. 4-a.). Xoʻjaligi: chorvachilik, ovchilik, baliq ovlash, toʻqimachilik, jez quyish. Tavrlar qabilalari mustahkamlangan qishlokdarda yashashgan. Xersones, Bospor podsholigiga qarshi kurashishgan. Mil. 1-a. dan qoʻshni xalqlar (tavroskiflar va b.) bilan aralashib ketgan.