TAVOIS

TAVOIS (dastlabki nomi Arqud) — Buxoro vohasidagi tarixiy viloyat (rustoq) va shahar. Milodning boshlarida bu yerda otashkada va otashgoh boʻlgan. Arablar ilk marta bu joyda tovusni koʻrishgach, «Zot uttavois» — «Tovuslar egasi» deb nom berishgan. Tabarmyning yozishicha, Tavoisda Qutayba ibn Muslimnpt maxsus qarorgohi boʻlgan. 730-y. 17 noyab. da arablar bilan turk xoqoni boshchiligidagi turkiylar va sugʻdiylarning birlashgan qoʻshini oʻrtasida Tavoisda shiddatli jang boʻlib oʻtgan. Bu jangda turkiylar yengilgan. Ilk oʻrta asrlarda Tavoisda jome masjidi va katta hisor (qoʻrgʻon) boʻlgan. Tavois oʻrtasidan Abu Muslim arigʻi oqib oʻtgan. T. Buxoro — Samarkand katta yoʻlining ustida joylashgan boʻlib, Narshaxiyning yozishicha, qad. vaktlarda har yili kuz faslida u joyda 10 kun nuqsonli mollarning bozori boʻlgan. Fargʻona, Choch (Shosh) va b. joylardan kelgan savdogarlar bu yerda savdosotiq bilan shugʻullangan. Tavois axli dexdonchilik ham qilgan, shu tufayli badavlat kishilar koʻp boʻlgan. Tavoisdan koʻttlab ulamo va muhaddislar [jumladan, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad atTavoisiy (? — 956)] yetishib chiqqan. Soʻnggi oʻrta asrlarda Tavois 2 qishloqqa: T. i Bolo va Tavoisi Poyonga boʻlingan. 19—20-a. larda bu mavze Boʻion deb nomlangan. Tavois yakinida ilk oʻrta asrlarga oid Shahri vayron tepaligi bor. Hozir Tavois Navoiy viloyati, Qiziltepa tumaniga qarashli qishloq. Unga kiraverishda tovusga yodgorlik oʻrnatilgan.

Ad.: Narshaxiy , Buxorotarixi, Tavois, 1966; Istoriya atTabari, Tavois, 1987; Abdulkarim asSamʼoniy, Nasabnoma (AlAnsob), Buxoro, 2003.

Qahramon Rajabov.