TABULYATOR

TABULYATOR (lot. tabula — jadval, yozuv) — elektr mexanik raqamli hisoblash mashinasi; bunda perforatsion lentalarga belgilangan son va raqamli axborotlar avtomatik tarzda ishlanadi, hisoblash natijalari qogʻoz lenta yoki maxsus xos qogʻozga yoziladi. Tabulyator tarkibiga: boshqarish qurilmasi, perfokartalardagi axborotlarni kiritish qurilmasi; axborotni «bosish» yoki perfokartaga chiqarish qurilmasi kiradi. Tabulyator mashinahisoblash styasining asosiy texnologik jihozi hisoblanadi.