TABRIZ

TABRIZ, Tavriz — Eronning shim. gʻarbiy kismidagi shax. ar. Ajichay daryosi vodiysida, 1364 m balandlikda joylashgan. Sharkiy Ozarbayjon ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim savdo va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Toʻqimachilik rivojlangan, ip va shoyi gazlamalar, gilam toʻqiladi. Unt bor. Shaharga 3—4-a. larda Sosoniylar tomonidan asos solingan. 13-a. oxiri — 16-a. boshlarida Eron hududidagi turli davlatlarning poytaxti boʻlgan. 18—19-a. boshlarida Tabriz xonligining poytaxti. 19—20-a. boshlarida Qojar shoxlari valiahdlari qarorgohi. Meʼmoriy yodgorliklardan Alishoh jome masjidi (1310—20), Koʻk masjid (1465) qoldiklari saklangan. Oʻrta asrlarda Tabriz badiiy hunarmandchilik va tasviriy sanʼatning yirik markazi boʻlgan (q. Tabriz miniatyura maktabi).