TABOSHAR

TABOSHAR — 9—10 a. larda Iloq konlari guruhidagi metall koni. Qurama tizmasi jan. gʻarbiy yon bagʻridagi Qoramozor togʻining Tabosharsoy havzasida joylashgan. Konda 50 dan ortiq shaxta boʻlib, ularning koʻpchiligi qiya va tik holda, uz. 70 m gacha. Soyning oʻrta qismida rudaning uz. 1 km gacha, tarkibida har xil minerallar, kumush, qoʻrgʻoshin, baʼzan mishʼyak ham uchraydi. Soyning oʻng sohilida 20 tacha shaxta joylashgan, ulardan taxm. 1,5 km jan. rokda yana 8 ta yirik shaxta bor. Bir necha shaxta TabosharKonjoʻl yoʻli boʻylab ketgan.