TABIIY BIRLIKLAR TIZIMI

TABIIY BIRLIKLAR TIZIMI — asosiy birliklar qilib fundamental fizik doimiylar (mas., gravitatsion doimiy S, yorugʻlikning vakuumdagi tezligi s, Bolʼsman doimiysi k va Plank doimiysi h, Avogadro soni NA, elektron zaryadi ye, elektronning tinchlikdagi massasi te va b.) qabul qilingan birliklar tizimi. T. b. t. ni birinchi boʻlib M. Plank taklif etgan (1906). Tabiiy birliklar tizimi dagi asosiy birliklarning oʻlchami tabiat hodisalariga asoslanib aniklanadi; bu xususiyati bilan u boshqa birliklar tizimidan butunlay farq qiladi. Tabiiy birliklar tizimida uzunlik, massa va vaqt birliklari oʻta kichik qiymatga (mas, Plank tizimida 4,031035 m ga; 5,42108 kg ga; 1,3410»43 s ga moye) va, aksincha, tra juda yuqori qiymatga ega (3,631032 S). Shuning uchun Tabiiy birliklar tizimini amalda qoʻllash noqulaydir. Biroq Tabiiy birliklar tizimini qoʻllash koʻpincha nazariy fizika tenglamalarini soddalashtirib yozishga imkon beradi.