TABIBULLAYEV

TABIBULLAYEV Saʼdixon (1906.05.6, Buxoro — 1992.11.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1949). Buxoro pedagogika bilim yurti (1922— 24), Moskvadagi Oʻzbek drama studiyasi (1924—27)da oʻqigan. 1927—92 y. lar Hamza teatrining aktyori. Asosiy rollari: Tabib (V. Yan, «Hujum»), Yosuman (A. Navoiy, «Farhod va Shirin»), Xlestakov (N. Gogol, «Revizor»), Hasan ellikboshi (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Yaxshivoy (K. Yashin, «Nomus va muhabbat»), Mansur (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Mirzakarimboy (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Suxsurov (A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), Masxara (U. Shekspir, «Qirol Lir»), Musulmonqul (I. Sulton, «Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari»), Islom ota (H. Muhammad, «Xotinlar «gap»idan chiqqan hangoma») va b. Masxara obrazida qahramonining boʻrttirilgan satirik xususiyatlarini chuqur fojiaviylik bilan uygʻunlashtiradi. Obraz tabiati, koʻrinishi, xattiharakatlari, nutqining ravonligi, serjilo ovozi, grimlarini libosga uzviyligini taʼminlash Tabibullayev ijodiga xosdir. Uning ijrosidagi kattakichik, hatto uvoq obrazlar ham spektakdda muxim ahamiyat kasb etgan. Ruhi baland va mehnatkash, hayotda xoʻrlangan, jamiyatda kamsitilgan kimsalar qiyofasini gavdalantirish bilan birga kalondimogʻ va buqalamunlik, riyokorlar ichki va tashqi olamini ochishda noyob usullar tanlay bilgan. U bir qancha filmlarda ham suratga tushgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Toshpoʻlat Tursunov.