SHOʻBA KORXONA

SHOʻBA KORXONA — huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati. Shoʻba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Shoʻba korxona tashkil etish asosiy korxona oʻzining tuzilmaviy boʻlinmasi yoki mulkiy majmuasi negizida; asosiy korxonani qayta tashkil etish jarayonida oʻz tarkibidan ajratib chiqarish; xoʻjalik jamiyati yoki shirkat tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nazorat paketini yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi tegishli hissani sotib olish shakllarida boʻlishi mumkin. Shoʻba korxonaning asosiy korxona bilan oʻzaro munosabatlarining muhim xususiyati shundaki, Shoʻba korxonaning asosiy korxonaga yoki asosiy korxonaning Shoʻba korxonaga mablagʻlarni qaytarib olmaslik bilan oʻtkazishi soliqqa tortilmaydi.

ʼ, ʼ — oʻzbek kirill alifbosining yigirma yettinchi harfi—maxsus belgi. Hoz. oʻzbek yozuvida alohida tovushni ifodalamaydi, shuning uchun ham «harf» deb emas, «belgi» («ayirish belgisi») deb ataladi. 1940-yilda kirill grafikasi asosidagi alifboga oʻtish vaqtida, rus tilidagi oʻzlashgan soʻzlarni aslidagiday yozish zarurligi haqidagi ilmiy asoslanmagan imloviy qoidani amalga oshirish maqsadida alifboga kiritilgan, ayni paytda oʻzbek lotin alifbosidagi apostrof vazifasini ham bajara boshlagan. Faqat rus, arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar tarkibidagina uchraydi. Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarda arab tilining oʻzigagina xos boʻlgan portlovchi boʻgʻiz undoshi (Ј. — ayn) oʻrnida qoʻllanadi. Bu belgi soʻz oʻrtasida (razyezd, podyezd; aʼlo, maʼno) va baʼzi arabcha soʻzlar oxirida (murabbaʼ, tatabbuʼ) keladi; soʻz boshida qoʻllanmaydi. Undosh tovushni ifodalovchi harfdan keyin kelganda, shu tovushni keyingi boʻgʻindan ajratib turishga xizmat qilganligi uchun «ayirish belgisi» deb yuritiladi. Oʻzbek xalqi foydalangan yozuvlardan faqat kirill yozuvidagina ayni shaklda uchraydi.

— oʻzbek kirill alifbosining yigirma sakkizinchi harfi—maxsus belgi. Hoz. oʻzbek yozuvida alohida tovushni ifodalamaydi, shuning uchun uni «belgi» («yumshatish belgisi») deb ataganlar. Faqat rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar oʻrtasida va oxirida qoʻllanadi. Bu belgining alifboga kiritilishi ham ʼ (ayirish belgisi)ning qabul qilinishi kabi boʻlgan va u oʻzbek tilida hech qanday vazifa bajarmaydi; oʻzidan oldingi undoshning yumshoq talaffuz qilinishini taʼminlaydi, lekin qoida faqat rus tili uchun toʻgʻridir. Oxirida ushbu belgi boʻlgan soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda, yozilmaydi: apreldan, gantelda. Oʻzbek xalqi foydalangan yozuvlardan faqat kirill yozuvidagina ayni shaklda uchraydi.