SHABBOʻY

SHABBOʻY (Matthiola) — butguldoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik manzarali oʻsimliklar turkumi. Yevropada, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda, Shabboʻy Jan. Afrikada 55 ga yakin turi maʼlum. Madaniy holda oʻsadigan Shabboʻyning boʻyi 20—80 sm. Barglari nashtarsimon yoki qatmaqat. Gullari oddiy, shingillarga toʻplangan, qatmaqat, chiroyli, xushboʻy, rangi turlicha. Gulchilikda Shabboʻyning qishki va yozgi turlari ekiladi. Yozgi turlarining koʻpgina navlari gulzorlarda yoki tuvaklarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ayniqsa, oqshomda gullaydigan Shabboʻyning (M. bicornis) bir yillik turi kadrlanadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Urugʻlari fev. da issiqxonalarda ekiladi. May oyida koʻchatlari gulzorlarga oʻtqaziladi. Iyundan — avg. gacha gullaydi.