SHABARON

SHABARON, Shabron (eroncha Shopur nomidan) — 1) Ozarbayjondagi qad. shahar xarobasi. Kuba sh. dan 25 km jan. sharkda joylashgan. Sosoniylardan Xusrav 1 Anushirvon tomonidan asos solingan (6-a.) Shu nomdagi tarixiy viloyat markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Shirvon tarkibiga kirgan, ipak savdosining yirik markazi hisoblangan. Shabaron orkali Astraxon — Shemaxa karvon yoʻli oʻtgan. 18-a. boshida turklar tomonidan vayron qilingan;

2) Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining Kavkaz sohilida joylashgan. Mil. av. 7-a. da Shabaron hududida podsho skiflari qabila ittifoqi — Ashguz vujudga kelgan. U Ossuriya qulab, Urartu zaiflashgach, oʻz hukmronligini Sharqiy Zakavkazyening butun qududiga tarqatgan. Mil. 1—2-a. larda Sh. Kavkaz massagetlari (mazkutlar) podsholigi tarkibiga kirgan, 4—9a. larda Shabaron hududida qad. lezginlarning Xursan knyazligi mavjud boʻlgan; 9-a. oʻrtalaridan Sh. Shirvon tarkibida.

Ad.: Minorskiy V. F, Istoriya Shirvana i Derbenda X—XI vv., M., 1963.