SHAVKAT RAHMON

SHAVKAT RAHMON (asl ismsharifi Rahmonov Shavkat) (1950.12.9, Ush, Qirgʻiziston — 1996.2.10, Toshkent) — shoir. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1996). Moskvadagi Adabiyot intini tugatgan (1975). Qurilish, zd va viloyat bosmaxonasida ishchi (1966—68), viloyat gazetasi tahririyatida musahhih va adabiy xodim (1968—75). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir va boʻlim mudiri (1975—82; 1985—90), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim (198284). Dastlabki sheʼriy toʻplami — «Rangin lahzalar»(1978). «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uygʻoq togʻlar» (1986), «Hulvo» (1988) singari sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Shavkat Rahmon soʻzning badiiy imkoniyatlarini kengaytirish, fikr va tuygʻuning botiniy harakatini ifodalash usul va vositalarini topish maqsadida kutilmagan majoziy obrazlardan, qiyoslardan samarali foydalangan, barmoq vaznining anʼanaviy oʻlchovlarini buzib, ritm va ohangga erkin munosabatda boʻlgan, sheʼriyat bilan tasviriy sanʼat, sheʼriyat b-n falsafa oʻrtasidagi aloqani yanada mustahkamlagan. Oʻzbek sheʼriyatini 20-a. ispan shoirlarining badiiy tajribasi b-n boyitgan. F. G. Lorka («Saylanma», 1979), X. R. Ximenas, R. Alberti sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ad.: Saylanma, T., 1997.