SHOʻRSUV

SHOʻRSUV — Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi shaharcha (1934-yildan). Olay togʻlarining shim. chekkasidagi adirda. Shoʻrsuvsoy vodiysida. Qoʻqon shahridan 35 km jan. gʻarbda. Yaqin t. y. stansiyasi — Yaypan (12 km). Aholisi 3 ming kishiga yaqin (2004).

Shaharcha Shoʻrsuvsoy vodiysida neft va pirit (oltingugurt kolchedani) konlari topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shoʻrsuv yon atrofidagi konlari qadimiydan maʼlum boʻlgan. Bu yerdan topilgan arxeologik yodgorliklar qadimiy konchilik ishlaridan dalolat beradi. 19-asrning 1-yarmida Shoʻrsuv konlari Qoʻqon xonligining mulki boʻlib, bu yerdan oltingugurt, achchiqtosh, togʻ mumi qazib olingan. Shoʻrsuvda gʻisht z-di, sopol idishlar xom ashyosi — qizil tuproqni kukun qiladigan zd, taʼmirlashmexanika, oltingugurt maydalash sexlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, tibbiy muassasalar, profilaktoriy mavjud. Yaypan—Sh., Qoʻqon — Sh. yoʻnalishlarida avtobuslar qatnaydi. Shoʻrsuv yaqinida Shoʻrsuv neft koni bor.