SHChERBAKOV Dmitriy Ivanovich (1893.1.1, Novozibkov, hoz. Bryansk viloyati — 1966.25.5, Moskva) — geolog va geokimyogar, SSSR FA akad. (1953). V. I. Vernandskiy va A. Ye. Fersmannat shogirdi. Tavriya (hoz. Simferopol) untini tugatgan (1922). 1928—38 yillarda Tojikiston—Pomir, soʻngra Oʻrta Osiyo ekspeditsiyalarida ishlagan. 1930—38 yillarda M. V. Lomonosov nomidagi geokimyo inti, 1938—41 yillarda SSSR FA Geol. fanlari intida ishlagan. Butunittifoq mineral xom ashyosi intida sektor ilmiy rahbari (1943—48). SSSR FA geol.
geografiya fanlari boʻlimi akad,kotibi (195363). 1963-yildan SSSR FA Ruda konlari geol. si, petrografiya, mineralogiya va geokimyo intida ilmiy rahbar, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Kola ya. o., Baykal ortida geologik tadqiqotlar olib borgan. Ilmiy ishlari nodir elementlarga bagʻishlanib, Qirgʻizistonda surma va simob, Qoraqumda tabiiy oltingugurt, Kavkazda molibden, volfram va mishyak konlarini ochishda asos boʻlib xizmat qildi. Davlat mukofoti laureati (1965). Niobiy va tantal silikati Shcherbakov nomi bilan shcherbakovit deb atalgan.