SHOHNAVOZXON

SHOHNAVOZXON (17-asr 18-asr bosh lari) — hindistonlik tarixchi olim va adib. Sh. ning fors tilida yozgan «Maosir ulumaro» («Amirlar tarixi») asari Hindistonning oʻrta asrlardagi tarixi, iqtisodi va, ayniqsa, madaniyatini oʻrganishda muhim manba sanaladi; Sh. mazkur tadqiqotida bizgacha yetib kelmagan koʻpgina asarlardan foydalangan. Asarda 16-asrning yarmidan 18-asr boshigacha Hindistonda yashab, ijod etgan (shuningdek, Oʻrta Osiyodan Hindistonga kelib yashab qolgan) davlat, fan va madaniyat arboblarining hayoti hamda ijodiy faoliyatlari yoritilgan. Asarning oxirgi qismini Shohnavozxonning oʻgʻli Abdulhay yozgan. Asarni ingliz sharqshunosi N. Beverj xonim forschadan ingliz tiliga tarjima qilib, Kalkuttada nashr ettirgan (1946).