SHOR TILI

SHOR TILI — turkiy tillarning uygʻuroʻgʻuz guruhidagi xakas guruhchasiga mansub til; RFning Kemerovo viloyatida, qisman Oltoy va Xakas Respublikalarida tarqalgan. Shorlarning umumiy soni 16,6 ming kishi boʻlsada, Shor tilida soʻzlashuvchilar 10 ming kishi atrofida, xolos. 2 ta asosiy lahjasi bor: mrass yoki shim. gʻarbiy (xakas tiliga yaqin) va kondom (oltoy tilining shim. lahjalariga yaqin).

Leksikasida ovchilik terminologiyasi rivojlangan, moʻgʻulcha va ruscha oʻzlashmalar uchraydi. Shor tilining mrass lahjasi yetakchi hisoblanib, adabiy til ana shu lahja asosida shakllangan, oʻtgan asrning 20—30-y. larida unda boshlangʻich sinflar uchun darsliklar yaratilgan. Hoz. kunda Shor tili adabiy til sifatida mavjud emas, u faqat qabilaurugʻlar ichidagi soʻzlashuv tilidir. Shorlar yozma adabiy til sifatida oʻzlariga yaqin xakas tilidan, shuningdek, rus tilidan foydalanadilar. Yozuvi 1927-yildan rus grafikasi asosida, 1930-yildan lotin grafikasi asosida, 1938-yildan yana rus grafikasi asosida shakllangan.

Ad.: Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurskix yazmkov, 2izd., M., 1969.