SHONIYOZOV

SHONIYOZOV Karim (1924.10.1, Muborak tumani — 2000.5.10. Toshkent) — etnograf olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), tarix fanlari d-ri (1975), prof. (1990). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1952). 1946 — 57 yillarda komsomol ishlarida ishlagan. oʻqituvchilik qilgan. Oʻzbekiston FA Tarix intida aspirant (1957—60), katta ilmiy xodim (1960—67), boʻlim mudiri (1967— 73), yetakchi ilmiy xodim (1999—2000). Oʻzbek xalqi etnogenezi, etnik tarixini oʻrganish bevosita Shoniyozov nomi bilan bogʻliq, olim ushbu mavzu yuzasidan qator ilmiy asarlar eʼlon qilgan. 1990-y. larda Shoniyozov ilmiy rahbarligi ostida tarixiy etn. muammolarini, Oʻzbekiston aholisining maishiy turmush anʼanalarini tadqiq qiluvchi yosh olimlar guruhi shakllangan. Respublikada Shoniyozov xotirasiga bagʻishlangan «Akademik K. Shoniyozov oʻqishlari» ilmiy anʼanaga aylangan.

As: Uzbeki — karluki, T., 1964; K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T., 1974; Qangʻ davlati va qangʻlilar, T., 1991; Qarluq davlati vaqarluqlar, T., 1999; Oʻzbek xalqining shakllanishi jarayoni, T., 2001.