SHOMUROTOVA Oyimxon (1917.10.6, Qoʻngʻirot tumani — 1999.29.5, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi, xonanda, qoraqalpoq vokal sanʼatining yirik namoyandalaridan (messosoprano). Oʻzbekiston (1944) va Qoraqalpogʻiston (1944) xalq artisti. Moskva konservatoriyasida malaka oshirgan (1939). 2-jahon urushi yillari konsert truppalari bilan frontlarda xiz. mat qilgan. Qoraqalpoqdavlat musiqali drama va komediya teatrining yetakchi aktrisasi (193439, 194951 va yana 1955-yildan), Berdaq nomidagi Qoraqalpoq filarmoniyasi va radiosida xonanda (1939—49, 195155). «Boʻz atau», «Dembermes», «Aruxan», «Qiz minayim» kabi qoraqalpoq xalq qoʻshiqlari bilan dastlabki muvaffaqiyatlarga erishgan.
«Bogʻdagul» spektaklidagi Bogʻdagul, «Gulsara»dagi Oysara aktrisaning sahnadagi ilk obrazlaridir. Keyinchalik milliy va tarjima asarlar asosida sahnalashtirilgan drama, musiqali drama va komediyalarda salmoqli, aktrisa ijodi va milliy teatr tarixini bezaydigan badiiy barkamol obrazlar yaratdi: Halima (Gʻ. Zafariy, «Halima»), Arzixon, Oypara (M. Dariboyev, «Yangi odamlar», «Koʻklen botir»), Raushan (J. Oymurzayev, «Raushan»), Shohsanam (T. Ollanazarov, «Gʻarib Oshiq»), Anna Ivanovna (A. Ostrovskiy, «Kambagʻallik ayb emas»), Sanam (T. Bayandiyev, «Qoraqalpoq qizi»), Parshagul S(. Xoʻjaniyozov, «Suymaganga suykanma»), Gulchehra (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Barchin («Alpomish») va boshqalar Ijodining soʻnggi yillarida u koʻproq onalar timsolini yaratdi. «Qirq qiz» (A. Shomurotov, I. Yusupov) dagi Oqsuluv ona, «Taluas» (S. Xoʻjaniyozov)dagi Oybika, «OygulObod» (J. Oymurzayev)dagi Damegul, «Momo yer» (Ch. Aytmatov) dagi Toʻlgʻanoy va boshqalar shular jumlasidan. Shomurotova qahramonlari orqali qoraqalpoq ayollarining milliy xarakteri, takdirini, ularning maʼnaviy goʻzalliklarini tarannum etdi. U jarangdor va yoqimli ovozi bilan xonanda sifatida ham tanildi. Shomurotova ijro qilgan qoʻshiqlar respublika radiosining oltin fondidan oʻrin olgan. Vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2004).
Teshaboy Bayandiyev.