SHOBURHON OTA KOʻSHKMAQBARASI

SHOBURHON OTA KOʻSHKMAQBARASI — Buxoro viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Tarhi 8 qirrali. Ichki va tashqi tomoni chuqur ravoqli, ustiga gumbaz boglangan. Peshtoq qanosi va hoshiyalari turli yozuvlar va oʻyma sopol, girih naqshlar bilan bezatilgan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda saqlangan. Bino dastlab oromgoh koʻshk sifatida qad koʻtargan, keyinroq maqbaraga aylangan.