SHNEK

SHNEK, vintli transportyor (nem. §sppeske — chigʻanoq, uzluksiz vint) — ish organi uzluksiz vintsimon parrakdan yoki vintsimon sirtida bir necha parrak oʻrnatilgan valdan iborat boʻlgan konveyer. Parrak yoki val yopiq kojux ichida aylanadi. Asosan, sochiluvchan, yopishqoq va boshqalar materiallarni yaqin masofaga uzluksiz tashishda ishlatiladi. Shnek tuzilishi va ish organlariga qarab, presslash, tozalash va yuklash uchun moʻljallangan turlarga boʻlinadi. Shnek gorizontal, qiya va tik holatda ishlay oladi.