SHISHASIMON TANA

SHISHASIMON TANA — 1) membrana bilan oʻralgan tiniq dirildoq modda. Koʻz soqqasi boʻshligʻidagi koʻz gavhari bilan toʻr parda orasini toʻldirib turadi. Shishasimon tana koʻzning dioptrik (yorugʻlikni sindiradigan) qismi boʻlib, koʻz toʻr pardasiga yorugʻlik nuri oʻtishini taʼminlaydi. Katta yoshdagi kishilar koʻzining Shishasimon tanasida qon tomirlar boʻlmaydi. Shishasimon tananing suyuq qismi yopishqoq gialuron, askorbin kislota, tuz va boshqalar moddalar, nozik oqsil fibrillardan iborat.

2) qoramol koʻzi Shishasimon tana sidan olinadigan dori preparat; biogen stimulyatorlar guruhiga kiradi. Eritma holida boʻgʻim kontrakturasida, kuyish, shikastlanishdan soʻng chandiq toʻqimalarning tekis bitishi, ularni yumshatish maqsadida, nevralgiya va radikulitda ogʻriq qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi.