SHIRAK Jak Rene

SHIRAK Jak Rene (1932. 29.11, Parij) — Fransiya davlat arbobi. Parij Siyosiy tadqiqotlar instituti (1954) va Milliy boshqaruv maktabi (1959)ni tugatgan. 1959-yildan Davlat auditor palatasi auditori, 1962 yil apr. dan hukumat apparatida, 1965-yildan SenFreol shahri kengashi aʼzosi, Milliy ma. jlis deputati (1967-yildan). 1967-yildan J. Pompidu hukumatida ijtimoiy masalalar, 1968-yildan iqtisodiy va moliya masalalari boʻyicha davlat kotibi, 1972-yildan q. x. va qishloq taraqqiyoti, 1974-yil ichki ishlar vaziri. Shirak 1960-y. lardan Respublikani himoya qiluvchi demokratlar ittifoqi partiyasi aʼzosi, 1975-yildan faxriy bosh kotibi, 1976-yil partiya Respublikani qoʻllabquvvatlash uyushmasiga aylangach, uning raisi. 1974-yil apr. — 1976-yil avg. va 1986-yil mart — 1988-yil mayda Fransiya bosh vaziri, 1977-yil martdan Parij shahri meri, 1995-yil maydan Fransiya Respublikasi prezidenti.