SHIMOLIY QUTB

SHIMOLIY QUTB — Yer aylanishi faraziy oʻqining yer yuzasi bilan kesishadigan Shim. yarim shardagi nuqtasi. Shim. Muz okeanining chuq. 4000 m li markaziy qismida joylashgan. Shimoliy qutb atrofida yil davomida koʻp yillik muzlar suzib yuradi. Qishda oʻrtacha havo t-rasi —40°, yoz oylarida 0°, ayrim kunlarda 1 — 2° gacha koʻtariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi (yana q. Geografik kutblar).