ShERMUHAMEDOV Said (1930.12.5, Qorakoʻl tumani) — faylasuf olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari d-ri (1973), prof. (1978). Samarqand untini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Falsafa va HUQUQ boʻlimida kichik ilmiy xodim (1957—58), Falsafa va huquq intida katta ilmiy xodim (1958—60), ilmiy kotib (1960—61), direktor oʻrinbosari, sektor mudiri (1961—64). Oʻzbekiston KP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri oʻrinbosari (1964—65), madaniyat boʻlimi mudiri (1965—70). Oʻzbekiston Maorif vaziri (1970—84), Oʻzbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984—85), ToshDU falsafa ftida kafedra mudiri (1985 — 2002), prof. (2002-yildan). Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqalar muammolarga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992). «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1995).
As: Na yazыke yedinstva, T., 1991; Mustaqillik — buyuk neʼmat, T., 1997; Filosofiya cheloveka, T., 2001; Istiklol quyoshi, T., 2002.