ShEYELIT

ShEYELIT (K. V. Sheyele nomi bilan atalgan) — volframatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Sa[\Ґ04], 10% gacha Mo03 (molibdosheyelit yoki zeyrigit), 7% gacha SiO ( ku prosheye l it) va Mp, 8g, №>, Ta, Gʻ kabi aralashmalari mavjud. Tetragonal singoniyada kristallanadi, dipiramidal kristallar hosil qiladi. Rangsiz, oq, och sariq, yashil, sargʻish, kulrang, qoʻngʻir, qora turlari bor. Yaltirashi olmosdek, yogʻsimon. Moʻrt. Qattikdigi 3—5, zichligi 5,5 — 6,1 g/ sm3. Yirik uyumlari skarnlarda uchraydi. Granat, piroksen, plagioklaz, amfibol, kvars, molibdenit va boshqalar bilan assotsiatsiyada boʻladi. Aksessor Sheyelit granit va metamorfik jinslarda, baʼzan pegmatitlarda uchraydi. Sheyelit oksidlanish zonasida hosil boʻladi; nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Asosan, volfram, yoʻlyoʻlakay molibden rudasi hisoblanadi. Sheyelitning sintetik kristallaridan lazer texnikasida foydalaniladi. RF, KXDR, AQSHda Sheyelitning yirik konlari bor. Sh. Oʻzbekistonda keng tarqalgan boʻlib, Chatqol, Qurama togʻlaridagi mis, molibden va vismut konlarida koʻp uchraydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida sanoat ahamiyatidagi konlari mavjud (Ingichka, Langar, Qoʻytosh, Qoratepa, Yaxton va boshqalar konlar).