SHAHAR TELEFON TARMOGʻI — muayyan shahar hududida joylashgan abonentlar (aholi, korxona va muassasalar) orasida, shuningdek, boshqa shaharlar bilan telefon aloqa oʻrnatishni taʼminlovchi telefon styalari va liniya qurilmalari majmui. Shahar telefon styasi, boshqa styalar, abonent liniyalari, telefon apparatlarini oʻzaro ulovchi liniyalardan iborat.
Shahar telefon tarmogʻi guruhlashtirilmagan (agar shaharda bitta stya boʻlsa) va guruhlashtirilgan (bir nechta stya boʻlsa) boʻladi. Shahar telefon tarmogʻi tizimiga korxona yoki muassasalarga xizmat koʻrsatuvchi kommutator qurilmalari ham kiradi. Kichik hajmli (bir necha ming nomerli) guruhlashtirilgan Shahar telefon tarmogʻida har bir guruh (tuman) avtomat telefon styalari (TATS) oʻzaro ulanadi va har qaysi TATS shaharlararo avtomatik telefon stya (SHATS) ga chiqish liniyasi orqali ulanadi.
Oʻzbekistonda Toshkent (Toshkent telegraftelefon styasi) va Nukus shahrilarida, barcha viloyatlar markazlarida Shahar telefon tarmogʻi mavjud. Ularning faoliyatini «Oʻzbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi boshqarib turadi.