SHAXSEY-VAXSEY

SHAXSEY-VAXSEY — shialikdagi motam marosimi. Muhammad paygʻambar nabirasi (Alining oʻgʻli) imom Husayn ning halok boʻlgani munosabati bilan har yili muharram oyining boshida oʻtkaziladi. Shaxsey-vaxsey shialarning motam yurishlari vaqtida odat boʻlgan «Shoh Husayn, voh Husayn» degan qichqiriqlarining qisqargan shakli (yana q. Ashuro).