SHAXS

SHAXS (til shu nosl ikda) — ishharakatning soʻzlovchi nuqtayi nazaridan uning bajaruvchisiga aloqadorligini ifodalovchi, oʻzaro qarama-qarshi shakllar tizimidan iborat grammatik kategoriya, morfologik koʻrsatkich. Shaxs shakllari ish-harakatning soʻzlovchiga (1-Sh.), tinglovchiga (2-Sh.) va suhbatda ishtirok etmovchi oʻzga shaxsga (3-Sh.) qarashliligini biddiradi. Harakat obyektining Shaxsi koʻp tillarda, jumladan, turkiy tillarda asosan feʼl orqali ifodalanadi. Mas, oʻzbek tilida — koʻrdim, koʻrganman — 1-Sh. ; koʻrding, koʻrgansan — 2-Sh. ; koʻrdi, koʻrgan — 3-Sh. shakllaridir; dan (dat) va malayalam tillarida har uchala Shaxs uchun bir xil feʼl koʻrsatkichi qoʻllanadi — u yoki bu Shaxs matnda anglashiladi.

1 va 2-Sh. shakllari Z-Sh. ga ikki belgi boʻyicha qarama-qarshi qoʻyiladi: a) ular hamisha Shaxs maʼnosiga ega boʻladi; b) ushbu Shaxs larda nutq jarayoni (suhbat) ishtirokchilarigina ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadilar; 3-Sh. esa: a) shaxs yoki predmet maʼnosiga ega boʻla oladi,

2) ish-harakatning ushbu Shaxs orqali ifodalangan bajaruvchisi suhbat ishtirokchisi hisoblanmaydi.

Shaxs kategoriyasi feʼlning boshqa kategoriyalari (mayl, zamon, nisbat kabilar) bilan paradigmatik va funksional munosabatlar orqali bogʻlanadi. Ayniqsa, Shaxs kategoriyasining son kategoriyasisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shuning uchun ularni birgalikda nomlab, shaxsson kategoriyasi, ushbu maʼnoni ifodalovchi shakl (koʻrsatkich)lar esa shaxsson qoʻshimchalari deb ham ataladi.

Shaxs tushunchasi muayyan leksemalar bilan kishilik olmoshlari tizimida, maxsus affiksal morfemalar (egalik qoʻshimchalari) yordamida otlarda ham ifodalanishi mumkin. Bunda kishilik olmoshlari (men, sen, u; biz, siz, ular) bajaruvchi Shaxslarni, egalik qoʻshimchalari esa (kitobim kitobing. kitobi) biror narsa — buyumning uch Shaxsdan qaysi biriga qarashli ekanini bildiradi.

Ad.: Oʻzbek tili grammatikasi, 1-j., Morfologiya, T., 1975; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980.

Azim Hojiyev.