SHAFAQ

SHAFAQ — Quyosh botishi yoki chiqishi oldidan atmosferada paydo boʻladigan rangbarang nurlar; ularning rangi Quyoshning gorizontdan uzoqyaqinligiga bogʻliq. Quyosh gorizontga yaqinlashganda va bulut boʻlmaganda osmon sariq yoki qizgʻish rangga kiradi, baʼzan qoʻngʻirroq tus oladi. Bu holat Quyosh nurlari atmosferada uzun qiya yoʻlni bosib oʻtayotganda havorang va binafsha nurlarning tarqayaishi tufayli kuchsizlanib sodir boʻladi, qolgan nurlardan yorugʻlik olgan atmosfera esa sargʻish va qizgʻish rangga kiradi. Quyosh botib, gorizont tagiga oʻta boshlashi bilan qorongʻu tusha boshlaydi. Lekin qorongʻu birdaniga tushmaydi. Oʻrta kengliklarda 2—3° tushgandan keyin esa Shafaq nurida pushti dogʻ paydo boʻladi, bu rang Quyosh 6° pastga tushgunga qadar tobora ravshanlasha borib, toʻq qizil rangga aylanadi va sekin-asta segment shaklini oladi. Bu rang Quyoshning qizgʻish nurlari 20 km balandlikdagi atmosferaning changli qatlamiga uchraganda paydo boʻladi.

Keyinroq toʻq qizil yorugʻlik oʻchib, gorizont ustidagi toʻq sariq va qizil chiziqlar ravshanroqboʻla boradi. Shafaqning oqish va koʻkish dogʻlari esa pastga tushadi va xiralashadi. Toʻq qizil yorugʻlik oʻchishi bilan tezda qorongʻu tushadi. Quyoshning gorizontdan 6° pastga tushishigacha boʻlgan Shafaq fuqaro Shafaqi deyiladi. Yerning soyasi va uning rangbarang xoshiyasi oʻchadi va qorongʻilashib borayotgan osmonda deyarli koʻrinmay qoladi. Quyosh 12° botishiga qadar boʻlgan bu davrga navigatsiya Sh. i deyiladi. Shundan soʻng gʻarb tomondagi rangbarang chiziqlar yashimtir rangga kiradi, Quyosh 18° tushgandan keyin esa Shafaq butunlay yoʻqolib, eng xira yulduzlar koʻrinadi va tun boshlanadi. Bu davrga esa astronomik Shafaq deyiladi. Tong shafagʻi ham xuddi shunday, lekin teskari tartibda roʻy beradi.