SHATO

SHATO — oʻrtaosiyolik hunnular avlodi boʻlgan chuyus qabilasi tarmogʻi. Jungʻoriyaning sharqida, Borkoʻl boʻyida yashaganlar. Tan davlatiga tobe boʻlgan. 794 yil xitoy amaldorlarining zulmi natijasida tibetliklar homiyligiga oʻtishgan va hoz. Gansu viloyati hududiga koʻchishgan, lekin 808-yil yana Tan davlati hududiga qaytib Ordosga joylashganlar. 880—883-yillarda Xitoy hukumatiga Xuan Chao qoʻzgʻolonini bostirishda yordam berganlar, evaziga Shansi viloyatining bir qismini olishgan. Tan sulolasi agʻdarilgach (907), uni tiklash uchun kurashib, 923-yil Shim. Xitoyni tobe etishgan. Bu yerda ular keyingi Tan sulolasiga asos solishgan, bu sulola 937-yil barham topgan. Shato larning bir qismi xitoyliklarga aralashib ketgan, choʻlda yashaydiganlari esa taxm. 1000-yil nestoriylikni qabul qilib Xitoydan ajralganlar. Ularning ajdodlari oʻngʻut yoki «oq tatar» nomi ostida mashhur boʻlib, 1204-yil oʻz ixtiyorlari bilan Temuchin (Chingizxon) ga qoʻshilganlar.

Ad.: Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1968; Poiski vshnshlennogo sarstva, M., 1970.