SHARQIY HIND TIZMASI

SHARQIY HIND TIZMASI — Hind okeanidagi suv osti tizmasi. 90° shq. u. dagi meridian boʻylab 10° shahrik. dan 34° j. k. gacha 5000 km ga choʻzilgan. Eni 450 km. Tizmalar ustidagi okean chuq. 2000—2500 m, alohida choʻqqilar ustida 549 m gacha kamayadi. Yon bagʻirlarida foraminiferalar va radiolyariyali balchiq koʻp.