SHARQIY QOZOGʻISTON VILOYATI

SHARQIY QOZOGʻISTON VILOYATI — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932 yil 10-martda tashkil etilgan. Respublikaning chekka shim. sharqida, Irtish daryosi havzasida. Mayd. 97,3 ming km2. Aholisi 1485,5 ming kishi (2002), asosan, rus va qozoqlar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, mordva, chuvash va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar ahrlisi 65%. 15 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 20 shaharcha bor (2002). Markazi — UstKamenogorsk shahri.

Sharqiy Qozogʻiston Viloyati hududining asosiy qismi Oltoy togʻlarida joylashgan. Irtishning oʻng sohilini tizmalar, yassitogʻlik va soyliklar egallagan. Eng baland joyi viloyatning shim. sharqidagi Katun tizmasida (Beluxa togʻi, 4506 m). Muzlik koʻp. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 17°, —26°, iyulniki 19—23°. Yillik yogʻin 250—380 mm. Rudali Oltoyda 1000-1500 mm.

Asosiy daryosi — Irtish. Eng yirik koʻllari — Marqakoʻl, Zaysan (Buxtarma suv ombori tarkibida). Togʻ oldi tekisliklardagi qoratuproqlarda chalov, har xil oʻtlar, Irtishning chap sohilida toʻq kashtan tuproqlarda chalovbetaga oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarda qayin, togʻterak, terak, oqqaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr oʻrmonlari bor. Togʻoʻrmon mintaqasi moʻynali hayvonlarga boy, koʻllarida baliq turi koʻp. Ondatra, barguzin soboli iqlimlashtirilgan. Mineral buloqlar bor.

Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — Rudali Oltoy polimetall konlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan rangli metallurgiya. UstKamenogorsk qoʻrgʻoshinrux, Irtish polimetall, Belogorsk ruda boyitish va Ziryanovsk qoʻrgʻoshin ktlari ishlab turibdi. Mashinasozlik, kondensator va priborsozlik zdlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari (uysozlik, yogʻochsozlik ktlari, yigʻma temirbeton zdlari) sanoatining salmogʻi katta. Yengil (tikuvchilik f-kasi), oziqovqat (moy va pivo zdlari, goʻsht, baliq ktlari) sanoatlari ham muhim ahamiyatga ega. Irtishda UstKamenogorsk, Ulba, Buxtarma GESlari ishlab turibdi.

Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik, sutgoʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. Donli ekinlar, kungaboqar, sabzavot, kartoshka ekiladi. Zaysan soyligida obikor dehqonchilik, bogʻdorchilik va qisman, tokchilik bilan shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, baliqchilik, moʻynachilik rivojlangan. Irtishda kema qatnaydi. T. y. uzunligi qariyb 450 km. Avtomobil yoʻllari uz. 7 ming km dan ziyod. Oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor.